Mikrobiologiya instituti halollik va shaffoflikni qadrlaydi. Biz korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi qat'iy kurashamiz va ilm-fanda adolatli muhitni ta'minlashga intilamiz.
Toza va vijdonli ilm-fan bizning ustuvor vazifamizdir.
Agar siz korrupsion holatlarga guvoh bo'lsangiz 1253 ishonch telefoniga murojat qiling!
2025-yil 16-sentyabr kuni OʻzR FA Mikrobiologiya institutida boʻlib oʻtgan “Agar Art” tanlovi — yoshlarni ilm va sanʼatga qiziqtirishga qaratilgan ijodiy loyiha. Videoda ishtirokchilarning Petri likopchalarida yaratilgan badiiy ishlari va ochiq mahorat darsidan lavhalar aks etgan.
2025-yil 16-sentyabr kuni O‘zR FA Mikrobiologiya institutida yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularni ilm-fan yangiliklari, olimlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Agar art” nomli ijodiy tanlov va ochiq mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar ilmiy xodimlar ko‘magida xavfsiz, patogen bo‘lmagan mikroorganizmlar yordamida petri likopchalarida badiiy kompozitsiyalar yaratib, o‘z ishlarini tanlovga taqdim etdilar.
2025-yil 15-iyul kuni Toshkent shahridagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan yosh olimlar va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – ilmiy ishlanmalarni tijoriylashtirish, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va investitsiya jalb qilish yo‘llarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.